BORLASH



BORLASH — po’lat yoki boshqa metalldan tayyorlangan buyumlar sirtini bor bilan to’yintirish. Borlash natijasida buyum sirti qattiqlashadi, issiqqa va yeyilishga chidamliligi oshadi. Detalni suyuqlantirilgan bura (Na2B4O7) ga botirib, elektroliz usulida (detalkatod, grafit—anod) Borlash usuli ko’proq qo’llaniladi. Detal suyuq burada 6-8 soat saqlangach (930° da), uning 0,15— 0,25 millimetr sirtqi qatlami borga to’yinadi. Ba’zan, buraga bor karbid (30— 40%) yoki kremniy karbid (30%) qo’shiladi. Borlash vakuum pechda yoki gaz muhitida ham o’tkazilishi mumkin. Borlangan detallar maxsus usulda toblanadi. Borlash usuli nasoslarning vtulkalari, shtamplar, pressqoliplar, roliklar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz