Boʻrk




BOʻRK — qad. bosh kiyimi. Qishda hamda yozda kiyiladigan B. boʻladi. Boʻrk hayvon terisidan tikilib, qimmatbaho qalin gazmol bilan qoplanadi. B.ni erkaklar ham, xotinqizlar ham kiyishadi. Tikilgan hayvon terisiga qarab, u qunduz B., suvsar B., qamshat B., tulki B. va h.k. boʻlib nomlanadi. Qizlar B.i har xil taqinchoqlar, tangalar, uzuklar bilan bezatilgan. Erkaklarda toʻyziyofatga kiyiladigan qimmatbaho, oddiy kunlarda, ishga kiyadigan B.lar ham boʻlgan. B. oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, qirgʻiz, boshqird, tatar, uygʻur va boshqa xalklar orasida tarqalgan. "Devonu lugʻotit turk" (11-asr)da "Bosh yorilsa boʻrk ichida" maqoli shaklida uchraydi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz