BO’RK



BO’RK — qadimgi bosh kiyimi. Qishda hamda yozda kiyiladigan Bo’rk bo’ladi. Bo’rk hayvon terisidan tikilib, qimmatbaho qalin gazmol bilan qoplanadi. Bo’rk ni erkaklar ham, xotin-qizlar ham kiyishadi. Tikilgan hayvon terisiga qarab, u Qunduz Bo’rk, suvsar Bo’rk, qamshat Bo’rk, tulki Bo’rk va hokazolar bo’lib nomlanadi. Qizlar Bo’rki har xil taqinchoqlar, tangalar, uzuklar bilan bezatilgan. Erkaklarda to’yziyofatga kiyiladigan qimmatbaho, oddiy kunlarda, ishga kiyadigan Bo’rklar ham bo’lgan. Bo’rk o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, boshqird, tatar, uyg’ur va boshqa xalqlar orasida tarqalgan. “Devonu lug’otit turk” (11-asr)da “Bosh yorilsa bo’rk ichida” maqoli shaklida uchraydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz