BO’RJAR GES
BO’RJAR GES — Toshkentning Bo’zsuv kanalida qurilgan 3 gidroelektr stansiya. 1936 yil mayida ishga tushirilgan. Quvvati 6,4 ming kVt. Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri sanoat korxonalari va aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshiladi. Bo’zsuv kanalida ishlab turgan GESlar O’rta Osiyoda birinchi energiya tizimini yaratishga imkon berdi. Hozir Bo’rjar GES Chirchiq — Bo’zsuv traktida qurilgan GESlardan biri sanalib, u to’la avtomatlashtirilgan, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz