BO’RIYOTOQ KO’LLARI
BO’RIYOTOQ KO’LLARI (mahalliy xalq Bo’ritog’ deb ataydi) — Xorazm vohasi Xiva shahri yonidagi Bo’riyotoq, Pirnaxos, Baytalto’g’on, Sayot va boshqa mayda ko’llar. Janubda qoraqum cho’liga tutashgan. Bo’riyotoq ko’llari Jirmiz, Mizonko’l kollektorlariga birlashib ketgan. Ekin maydonlaridan chikadigan tashlama suvlar va yer osti sizot suvlaridan to’yinadi. Yozda suvi ko’payib, umumiy maydoni 800 gektar, uzunligi 4-5 kilometr, eni 1-1,5 kilometr, chuqurligi 1,5 metrga yetadi. Sohillari qiya, qumloq, qamish va boshqa suv o’tlari o’sadi. Qishda muzlaydi. Bo’riyotoq ko’llarida baliqchilik va ondatrachilikni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz