BO’RIYEV TOJIBOY
BO’RIYEV TOJIBOY (1938.12.5, Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlog’i) — mexanik va matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), fizika matematika, fanlari Doktori (1974), professor (1976). ToshDUni tugatgan (1961). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika institutida (1964-66) ishlagan. Kibernetika institutida (hozirgi “Kibernetika” IIIB) da (1966 yildan) ishlaydi. Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga oid masalalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk ta’siridagi bir o’lchovli va ko’p o’lchovli konstruktsiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga doir. Bo’riyev seysmik (8— 9 balli) va noseysmik (5-7 balli) mintaqalar va qorlishamolli hududlar uchun fazoviy sterjenli konstruktsiyalarni teng mustahkamlik, barqarorlik va minimal og’irlik mezonlari asosida ishlab chiqdi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1971).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz