Bo‘ritish ilonlar




Boʻritish ilonlar - suv ilonlar oilasining urugʻi. 16 turi bor. Jagʻida 2—6 yirik egri tishlari boʻladi. Shuning uchun ular "boʻritish" deb ataladi. Janubiy Osiyoda koʻp. Oʻzbekiston choʻllarida bitta turi — ola boʻritish (Lucodon striata) uchraydi. Uz. 60 sm cha, usti toʻq jigarrang, och sariq koʻndalang yoʻlli. Qorin tomoni sariq. Tungi hayvon. Iyunning oxirida 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Asosan, har xil kaltakesaklar bilan ozikdanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz