BO’RITISH ILONLAR
BO’RITISH ILONLAR (Lucodon) suv ilonlar oilasining urug’i. 16 turi bor. Jag’ida 2-6 yirik egri tishlari bo’ladi. Shuning uchun ular “bo’ritish” deb ataladi. Janubiy Osiyoda ko’p. O’zbekiston cho’llarida bitta turi — ola bo’ritish (Lucodon striata) uchraydi. Uzunligi 60 santimetrcha, usti to’q jigarrang, och sariq ko’ndalang yo’lli. Qorin tomoni sariq. Tungi hayvon. Iyunning oxirida 2-4 ta tuxum qo’yadi. Asosan, har xil kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz