BO’RITAROQ
BO’RITAROQ, g’o’zarak (Hibicsus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona o’t. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 10-70 santimetr, sershox. Barglari uch bo’lakli, cho’ziq, tubigacha patsimon bo’lakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun gulbandlarda yakkayakka joylashgan. Asosida qirmizi rangli dog’lari bor. Mevasi ko’sakcha. Issiq va namsevar o’simlik. Nihollari mart— mayda ko’karadi. Iyun — avgustda gullaydi, iyuldan oktabrgacha mevalaydi. Urug’idan ko’payadi. Bir tupi 15 ming urug’ beradi. Urug’lar tuproqning 6-8 santimetr chuqurligida 57 yilga qadar yashovchanligini saqlab qoladi, harorat 5-6° da unib chiqadi. O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik rayonlarida ko’p tarqalgan. Bo’ritaroq paxta maydonlari, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, shuningdek yo’l, ariq yoqalari, tashlandiq yerlar va bog’larda uchraydi. Kurash choralari: ekish oldidan urug’ni tozalash, yerni boronalash, qator oralariga ishlov berish, maysa Ko’karmasdan gerbitsidlar sepish va boshqalar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz