Boris Zasipkin




Boris Nikolayevich Zasipkin (1891-yil, Miass, Orenburg viloyati — 1955-yil, Toshkent) — rus, sovet me’mori va restavratori.

Tarjimai hol



B.N.Zasipkin 1916-yilda Moskva rassomchilik, haykaltaroshlik va arxitektura (MRHA) bilim yurtini tamomlagan. 1912-yildan u Moskvada Kolomen qishlogʻida va Suxarev minorasi binosida restavrasiya ishlarida ishtirok etadi.

U 1919—1923-yillarda Tomsk va Kostroma yodgorliklarini muhofaza etish bilan ham shugʻullanadi.

Boris Zasipkin 1920-yillarning oxirlarida U.Bodaninskiy taklifi bilan Qrimda koʻpgina ishlarni amalga oshiradi. Qrim xonligi me’morchiligi haqida olib borilgan tadqiqotlar natijalarini bir necha maqolalarida chop qilgan.

1928—1929-yillarda B.N.Zasipkin, U.Bodaninskiy va O.Akchokraklilardan iborat ekspedisiya bilan Chufutqal’aning XIV asrga oid oʻrta asr masjidi qoldiqlarini qazishadi.

1934-yilda B.N.Zasipkin hibsga olinib, surgun qilinadi. 1937-yildan Oʻzbekistonda yashab ijod qilgan, yodgorliklarni muhofaza etish boshqarmasida me’mor boʻlib ishlagan. 1953-yildan keyin B.N.Zasipkin Oʻzbekiston yodgorliklarini muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi etib tayinlanadi.

U 1955-yilda Toshkentda vafot etadi va Botkin qabristoniga dafn etiladi.

Bibliografiya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz