Boris Vaynshteyn
Boris Samoylovich Vaynshteyn (1907-yil 19-may, Odessa — 1993, Moskva) — sovet shaxmatchisi, sovet shaxmat harakati yetakchisi, shaxmat yozuvchisi; Butunittifoq shaxmat va shashka seksiyasining raisi (1942-1945).
Tarjimai holi
Xizmatchilar oilasida tugʻilgan. 1924-yil oktabrda Oʻrta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1930-yil yanvarda tugatgan.1935-1936-yillarda Moskvadagi sirtqi rejalashtirish institutining 1-kursida oʻqigan.
1924-yil oktabr — 1928-yil sentabrda Oʻrta Osiyo proletar talabalari tashkiliy komissiyasining kotibi, instruktori va rais oʻrinbosari, 1928-1929-yillarda Oʻrta Osiyo shaxmat boʻlimi raisi, 1929-1930-yillarda Toshkentning „Pravda Vostoka“ gazetasida adabiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan.
Davlat reja komiteti tizimiga xizmatga oʻtib 1930-yilning martidan 1931-yilning fevraliga qadar Oʻrta Osiyo Davlat reja komiteti maslahatchisi, 1931-yil fevraldan 1932-yil fevralgacha Oʻrta Osiyo Davlat reja komitetining Oʻzbekiston Xalq xoʻjalik hisobi markaziy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib ishlagan, 1931-yil fevral — 1932-yil fevralda Oʻrta Osiyo rejalashtirish instituti assistenti, bir vaqtning oʻzida 1931-yil mart—1932-yil fevralda Toshkentdagi Oʻrta Osiyo pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlgan. 1932-yil may — 1933 yil sentabr oylarida BAM qurilishi boʻyicha katta iqtisodchi, inspektor, guruh boshligʻi va rejalashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1933-yil oktabr – 1934-yil noyabr oylarida Vinnitsadagi Qizil Armiya boʻlinmalarida xizmat qilgan. 1935-yil may – 1936-yil fevral oylarida SSSR NKPS Boshtemiryoʻlqurilishning rejalashtirish va moliya boʻlimi guruhining boshligʻi boʻlib ishlagan, keyin NKVD xizmatiga oʻtkazilgan.
NKVD – IIV (Ichki Ishlar vazitligi)dagi lavozimlari
bir vaqtning oʻzida 1940-yil avgustdan boshlab NKVDning GULAG, keyin SSSR Ichki ishlar vazirligi sanoat va maxsus qurilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan; 1946-yil 28-yanvardan boshlab SSSR Ichki ishlar vazirligi zobitlari zaxirasida boʻlgan; 1954-yil 20-yanvarda ishdan boʻshatilgan..
GB kapitani (16.10.1941), GB podpolkovnigi (02.11.1943), GB polkovnigi (01.12.1945).
Ichki ishlar vazirligidan ishdan boʻshagach, SSSR Davlat qurilishining Iqtisodiyot boʻlimida ishlagan, qurilish iqtisodiyoti boʻyicha bir nechta ilmiy monografiyalar nashr etgan.
Matematik; iqtisod fanlari doktori (1968). 1920-yillar oxirida Oʻzbekistonda shaxmat harakati tashkilotchisi; Oʻrta Osiyo shaxmat seksiyasi raisi (1928—1929). SSSR 7-chempionati yarim finali ishtirokchisi (1931). Shaxmat haqida bir qancha kitoblar, maqola va felyetonlar muallifi. Taxallusi „Ferzberi“. Koʻpgina musobaqalarda Devid Bronshteynning sekundanti boʻlgan.
Uning birinchi turmushi dirijyor, SSSR xalq artisti Veronika Dudarova bilan boʻlgan.
Mukofotlari
Kitoblari
Manbalar
uz.wikipedia.org