Boris Nikolaevich Eltsin
Boris Nikolayevich Yeltsin (ruscha: Борис Николаевич Ельцинⓘ; 1-fevral, 1931 — 23-aprel, 2007) Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti boʻlgan (1991—1999-yillar mobaynida).
Dehqon oilasida tugʻilgan. Ural (Sverdlovsk) politexnika institutini tugatgan (1955). 1955-yildan qurilish tashkilotlarida ishlagan. 1963-yildan Sverdlovsk uysozlik kombinatida bosh muhandis, direktor. 1968-yildan KPSS Sverdlovsk viloyat qoʻmitasi qurilish boʻlimi mudiri, kotibi. 1976-yildan Sverdlovsk viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, 1985-yildan KPSS MK kotibi, KPSS Moskva shahar qoʻmitasi birinchi kotibi. 1986-yildan KPSS MK Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod. MKning 1987-yil oktabr Plenumidagi tanqidiy chiqishidan soʻng Moskva shahar qoʻmitasi birinchi kotibligidan olib tashlandi, soʻng KPSS MK Siyosiy byurosidan chiqarildi; SSSR Davlat qurilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari — SSSR vaziri etib tayinlandi. 1989-yili demokratik kuchlar koʻmagida SSSR xalq deputati etib saylandi. 1990-yil KPSS safidan chiqdi. 1990—91 ylarda RSFSR Oliy Kengashi raisi. 1991-yil iyundan 2000-yilgacha Rossiya Federatsiyasi prezidenti. 1991-yil avgustda Favqulodda holat boʻyicha davlat qoʻmitasi faoliyatiga qarshilik koʻrsatishga boshchilik qildi. 1991-yil dekabrda Ukraina va Belarus rahbarlari bilan birgalikda SSSRning tugatilganligi va MDHning tuzilganligi toʻgʻrisidagi Belaya Veja pushchasi bitimini imzoladi. 1999-yil 31-dekabrida Rossiya Federatsiyasi prezidenti lavozimidan muddatidan ilgari isteʼfoga chiqdi. „Mavjud masala yuzasidan dil izhori“ (1990), „Prezident xotiralari“ (1994) kitoblari muallifi.
Yeltsin hukumat tepasiga SSSR boʻlinganda keldi. 1991-yil 12-iyunida u 57% ovoz bilan RSFSR prezidenti qilib saylandi. Biroq bundan keyin boʻlgan iqtisodiy va siyosiy boʻhronlar tufayli Yeltsin avvalboshdagi shuhratini yoʻqotdi. Yeltsin davri korrupsiya, iqtisodiy inqiroz va jiddiy siyosiy hamda ijtimoiy muammolar davri boʻldi. Muhlati oxiriga kelib Yeltsinning reytingi 2% atrofida edi.
Yeltsin mamlakat iqtisodiyotini erkin bozor shakliga keltirish uchun narxlar liberalizatsiyasi va xususiylashtirish dasturlarini boshlab yubordi. Korrupsiya va boshqa faktorlar tufayli milliy boylikning katta qismi kichik doiradagi odamlar qoʻliga tushib qoldi.
2000-yil boʻsagʻasida Yeltsin isteʼfoga chiqayotganini eʼlon qilib, prezidentlikni Vladimir Putinga topshirdi.
Boris Yeltsin 2007-yilning 23-aprelida yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org