Boris Nasledov




Boris Nikolayevich Nasledov (1885-yil 4 (16)-noyabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumani — 1942-yil 17-noyabr Toshkent shahri) — rus va sovet geologi, Samarqand davlat universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti professori. Mahalliy maʼdan konlarining malakali mutaxassisi, geologiya va togʻ-kon sanoati sohasida geologik-qidiruv ishlari tashkilotchisi.

Biografiyasi



Boris Nasledov 1885-yil 4(16)-noyabr Petro-Aleksandrovsk shahrida (Sirdaryo viloyati, Orenburg guberniyasi) Orenburg kazak qoʻshinlari ofitseri Nikolay Aleksandrovich Nasledov oilasida dunyoga kelgan.

Maʼlumoti




Chet tillaridan yunon, lotin, fransuz, nemis, ingliz va eksperanto tillarini oʻrgangan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati




Boris Nasledov 1926-1927-yillarda Oʻrta Osiyoning eng qadimiy rudali hududlaridan biri -Qoramozordagi Taboshar konida geologik-qidiruv guruhiga rahbarlik qilgan. Ushbu faoliyat yillarida geolog-olim bir qancha ruda turlari, jumladan, „Yetakchi“ deb nomlangan tarkibida uran moddasi boʻlgan yirik konlarni aniqlangan. 1945-yilda foydalanishga topshirilgan mazkur kon SSSR uran sanoatining ilk topilma boyliklaridan hisoblangan.

Geolog Nasledov „Qalmoqqir“ konining mis-molibden moddalarini mahalliy sanoatdagi ahamiyatini oʻrganib chiqib, tadqiqotlar oʻtkazgan. Tadqiqot natijasiga koʻra, Olmaliq shahrida joylashgan va hozirgi kunda Oʻzbekistonning yirik kon-metallurgiya kombinatlaridan biri hisoblangan AGMK („Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ AJ) bunyod etilgan.

Boris Nasledov 1933-yilda SSSR Fanlar akademiyasining mashhur tojik-pomir ekspeditsiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.

Shuningdek olim oʻzbek ruda geologiyasi maktabi asoschilaridan hisoblanadi. Qoramozor rudalari klasteri boʻyicha eng yirik mutaxassis sifatida hududdagi bir qator konlarni oʻrgangan, Chotqol va Kuramin togʻlarining geologik tuzilishi va metallogeniyasi boʻyicha ilmiy ishlar olib borgan. Uning koʻpgina metallogen gʻoyalari hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmasdan kelmoqda.

„Repressirovannie geologi“ maʼlumotlar bazasida geolog Nasledov „1930-yillarda hibsga olingan va bir necha yil qamoqda oʻtirgan. 1940-yilda ozodlikka chiqqanidan soʻng vafot etgan“, deb yoziladi. Ammo 1917-„1939-yillarda SSSRda geologlar va konchilarga qarshi terror“ kitobida hamda „SSSR geologlariga qarshi terror toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlar“ haqidagi bayonotning 6-ilovasida „Geologiya tarixi boʻlimida“gi arxiv hujjatlar buni tasdiqlamaganligi keltirib oʻtilgan.

Boris Nasledov 1942-yil 17-noyabrda Toshkentda vafot etgan va u shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi



Turmush oʻrtogʻi Vera Mixaylovna (ilgarigi familiyasi Sotnichenko)1911-yilda tugʻilgan, Kuban kazaklaridan.

Xalqaro tashkilotlar bilan aloqa



1916-yil — Orenburg ilmiy arxiv komissiyasi;

1917-yil — Rus geografiya jamiyatining Orenburg boʻlimi;

1926-yil — Leningradda Inqilobiy kurashchilarga yordam koʻrsatish xalqaro tashkiloti (MOPR);

1935-yil — Geografiya jamiyati geologiya boshqarmasi byurosi aʼzosi hisoblangan.

Chop etilgan ishlari



Asosiy nashr etilganlar:

Xotira



Olimning sharafiga

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz