Boris Kupriyanov




Boris Aleksandrovich Kupriyanov (1972-yil 25-sentyabr kuni Moskvada tavallud topgan) – rossiyalik publitsist, Moskvadagi „Falanster“ kitob doʻkoni hammuassislari aʼzosi, Xalqaro Moskva ochiq kitob festivali dastur direktori, Xalqaro yarmarka ekspertlar kengashi aʼzosi.

Tarjimai holi



Boris Kupriyanov 1972-yil 25-sentyar kuni Moskvada tavallud topgan. 1995-yilda Moskva aviatsiya institutining aviatsiya radioelektronika fakultetini tamomlagan. 1999-yilda Gileya kitob doʻkonida sotuvchi boʻlib faoliyat olib borgan.
2002-yilda Falanster kitob doʻkonining hamkor muassislaridan biriga aylangan. Doʻkon kooperativ, uning barcha xodimlari teng lavozimda faoliyat olib boradi yaʼni direktor lavozimi yoʻq. Lekin, Boris Kupriyanov tez-tez ommaviy axborot vositalarida doʻkon direktori sifatida faoliyat koʻrsatgan. Boris Kupriyanov, shuningdek, Winzavod zamonaviy sanʼat markazidagi Falanster doʻkoni va „Garaj“ zamonaviy madaniyat markazidagi intellektual adabiyotlar doʻkoni tashkilotchisi ham boʻlgan.

Mukofotlari



Rossiya Federatsiyasi Hukumati ommaviy axborot vositalari sohasidagi 2019-yil uchun 1 million rubl miqdoridagi mukofoti – „Gorkiy“ onlayn-nashrini yaratish va targʻib qilish, „adabiy Internetni shakllantirishdagi faol ish“, ommalashtirish uchun. Mahalliy adabiyot va kitobxonlikni targʻib qilganligi bilan mukofotlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz