Boris Konunov




Boris Aleksandrovich Konunov (1947-yil 24-may, Toshkent) – Moldova sovet kinorejissyori va ssenariy muallifi. Moldovada xizmat koʻrsatgan sanʼatkor (2000).

Hayoti



Boris Konunov 1947-yil 24-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Moldaviyalik ssenariynavis, muharrir va tarjimon Aleksandr Filippovich Konunovning oʻgʻli (1912, Kishinyov – 1992). Onasi – kimyo fanlari doktori (1976), professor Silya Borisovna Konunova (1920–2010), shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida SSSR chempioni (1938) va Ukraina SSR chempionati gʻolibasi (1949). Silya Konunova Kishinyov politexnika instituti noorganik kimyo kafedrasining asoschisi va birinchi mudiri (1964–1975) hamda „Sirkoniy va gafniyning organik ligandlar bilan koordinatsion birikmalari“ (Kishinyov: Shtiintsa, 1975) monografiyasi muallifi. Opasi oʻqituvchi Irina Aleksandrovna Konunova.

Boris oʻz faoliyatini rejissyor yordamchisi, soʻngra „Moldova-Film“ kinostudiyasida ikkinchi rejissyor sifatida boshlagan. Ikkinchi rejissyor sifatida „Dmitriy Kantemir“ filmini suratga olishda ishtirok etgan.1969-yildan „Moldova-Film“ kinostudiyasida rejissyor lavozimida faoliyat yurita boshlagan.

1972-yilda VGIKning kinoshunoslik fakultetini sirtqi boʻlimini tamomlagan.

Boris Aleksandrovich drama, melodrama, komediya janrlarida filmlar suratga olgan. Uning filmlarida Nikolay Karachentsov, Tatyana Dogileva, Liya Axedjakova, Natalya Sayko va bolgar kinosi yulduzi Stefan Danailov kabi taniqli aktyorlar rol oʻynagan.

Oilasi



Rafiqasi Anna, kinooperator.

Qizi – Yelena Borisovna Konunova, musiqashunos.

Nabirasi – Aleksandra Konunova (fransuzcha: Alexandra M. Conunova-Dumortier, 1988), skripkachi, Joseph Joachim xalqaro skripka tanlovi (birinchi mukofot) va P. I. Chaykovskiy nomidagi Joseph Joachim skripkachilar tanlovi laureati.

Jamoatdagi oʻrni



2014-yil mart oyida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun „KinoSoyuz“ „Mi s vami!“ maktubiga imzo chekdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz