Boris Golender




Boris Anatolyevich Golender (ruscha: Борис Анатольевич Голендер, 12-sentabr 1947-yil, Toshkent) — tarixchi, oʻlkashunos olim, jurnalist va kimyo fanlari nomzodi. Dunyoning turli mamlakatlarida 100 dan ortiq nashrlar muallifi, ularning aksariyati O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga tegishli.

Taʼlim



Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini tamomlagan, kimyo fanlari nomzodi.

Faoliyati



Uzoq yillar ilmiy laboratoriya mudiri bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, jurnalistika bilan shug‘ullanadi. „Sharq yulduzi“ jurnalida, „G‘afur G‘ulom“ nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida ishlagan. Hozirda o‘zi asoschilaridan biri bo‘lgan „Sergey Yesenin“ nomidagi Davlat muzeyida ilmiy xodim.

Kitoblari



2002-yilda „Okna v proshloye“ (ruscha: „Окно в прошлое“ (Toshkent, 2002 y.), 2007-yilda esa Toshkent shahri tarixi va unda yashagan mashxur shaxslar haqida yozilgan „Moi gospoda tashkentsi“ (ruscha: Мои господа ташкентцы) kitoblari nashr qilingan. 2014-yilda Oʻzbekistonda yashagan polyaklar haqidagi „Polonia Turkestaniana“ kitobi nashr qilingan.

Ssenariylar



Boris Golender ssenariysi asosida 2009-yilda rejissyor Rafael Xayritdinov tomonidan “Anor choyxonasi ustasi” va “O‘zbek zamini she’riyati” hujjatli filmlari suratga olingan. Ushbu filmlarda ikki o‘zbek rassomi: Aleksandr Volkov va Pavel Benkovning hayoti va ijodiy yo‘llari haqida hikoya qilinadi.

Yana qarang



Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz