Boris Gelfand (reanimatolog)




Boris Ruvimovich Gelfand (1942-yil 11-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2017-yil 18-aprel, Moskva, Rossiya Federatsiyasi) — sovet va rus reanimatologi, N.I.Pirogov nomidagi Rossiya Davlat tibbiyot universiteti anesteziologiya va reanimasiya kafedrasi mudiri, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi (2011-yil). Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi (2013-yil). RSFSR Davlat mukofoti laureati (1990-yil).

Biografiyasi



U 1965-yilda I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva tibbiyot institutini tamomlaydi.

Boris Gelfand 1970-yilda nomzodlik dissertasiyasini, 1986-yilda esa “Septik shok” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi, bu uzoq vaqt davomida ko‘plab mutaxassisliklar shifokorlari uchun jarrohlik sepsis diagnostikasi va davolash bo‘yicha fundamental ishlardan biri edi.

U N.I.Pirogov nomidagi Rossiya davlat tibbiyot universitetining anesteziologiya va reanimasiya kafedrasi mudiri hamda I.M.Sechenov nomidagi Moskva tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimasiya kafedrasida o‘rindosh sifatida professor bo‘lib ishlagan.

Boris Gelfand 2005-yilda Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a’zosi, 2011-yilda Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasining akademigi etib tayinlanadi. 2013-yilda esa u Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi(RTFA) va Rossiya xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RXXDBA) Rossiya Fanlar akademiyasi (RFA)ga qo‘shilishi doirasidagi qayta tashkil etish natijasida u Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi bo‘ladi.

Ilmiy faoliyati



Boris Gelfand anesteziolog va intensiv davolash bo‘yicha mutaxassis.

U sepsis va septik shok masalalarini o‘rganishda katta hissa qo‘shgan, anesteziologiya va reanimatologiya yo‘nalishlarini rivojlantirishda kashshof, ilmiy maktab asoschisi sanaladi.

Uning 720 dan ortiq ilmiy nashrlari, shu jumladan 36 ta monografiya muallifi. Professor rahbarligida 18 ta doktorlik va 65 ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilinadi.

Rossiya jarrohlik infeksiyalari bo‘yicha mutaxassislar assosiasiyasi vise-prezidenti, Rossiya Federasiyasi anesteziologlar va reanimatologlar federasiyasi boshqaruvi prezidiumi a’zosi, Butunrossiya jarrohlar jamiyati boshqaruvi a’zosi.

Mukofot va unvonlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz