Boris Blyum
Boris Isaakovich Blyum (1931-yil 25-avgust, Toshkent) — sovet me’mori, maktablar, turar-joy, jamoat va sanoat binolarining namunaviy loyihalari muallifi sanaladi.
Tarjimai hol
Blyum, Boris Isaakovich Toshkentda yahudiy oilasida shahardagi taniqli shifokor-laringolog xonadonida dunyoga keladi. Onasi pianinochi boʻlgan va eri vafotidan keyin 1937-yilda u ikkita bolani - Borya va Innani (keyinchalik shifokor boʻlgan katta opa) yolgʻiz tarbiyalagan. Xotini Susanna — endokrinolog-shifokor. Qizi - Irina, me’mor. Ikki nabirasi: kattasi umumiy amaliyot shifokori, kichigi talaba.
U 1939—1949-yillarda maktabda (102-maktabda — 1-4-sinflarni, 50-maktabda — 5-10-sinflarni) oʻqigan. 1949-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti qurilish fakultetining arxitektura boʻlimiga oʻqishga kirib, uni 1955-yilda imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Bitiruv oldi amaliyoti Leningrad shahridagi “Lenloyiha” institutining 3-sonli ustaxonasida oʻtkazadi va uni institutni tugatgandan soʻng ishga taklif qilishdi. Ammo oilaviy sabablarga koʻra taklif inobatga olinmay, Toshkentda qolib ketadi va oʻz faoliyatini “Oʻzdavloyiha” institutida Namunaviy loyihalashtirish boʻlimida davom ettiradi.
Blyum 1952-yildan talabalik davrida “Oʻzdavloyiha” institutida I.A.Rachin ustaxonasida namunaviy loyihalash boʻlimida texnik-arxitektor boʻlib ishlaydi. Boris 1952—1963-yillarda “Oʻzgosloyiha” institutida, namunaviy loyiha boʻlimida texnik-arxitektordan tortib, loyihalar bosh me’morigacha boʻlgan lavozimlarda ishladi va 1960-yildan SSSR arxitektorlar uyushmasi a’zosiga aylanadi. U 1963—1969-yillarda Toshkent zonal tajriba-loyihalashtirish ilmiy-tadqiqot institutida (ToshZTLITI)loyihalar bosh arxitektori, arxitektura ustaxonasi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. U ustaxona jamoasining umumiy yigʻilishi tomonidan rahbarlik lavozimiga tayinlanadi.
Blyum 1969-yilda oilasi bilan Moskva viloyatining Ivanteyevka shahriga keladi va “Soyuzvodproyekt” institutiga ishga kirib, 1997-yilgacha boʻlim bosh mutaxassisi, bosh loyiha arxitektori, bosh arxitektor vazifalarida ishlaydi. Keyinchalik u 1997-yilda AQSHga koʻchib oʻtadi. Dastlab Indiana shtatining Bloomington shahrida va 2000-yildan buyon Merilend shtatining Baltimor shahrida istiqomat qiladi.
Mukofotlari
Nashr ishlari
Galereyasi
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org