Boris Beloshapka
Boris Ivanovich Beloshapka (1962-yil 9-fevral, Kalinovka, Vinnitsa viloyati) — sovet va ukrainalik futbolchi, murabbiy va adminstrator. Oʻyindagi vazifasi — darvozabon. SSSR sport ustasi, Ukraina sport ustasi.
Biografiyasi
Boris Beloshapka Kalinovka yoshlar sport maktabida taʼlim olgan. Uning birinchi murabbiyi Aleksandr Brus boʻlgan.
1981-yildan Mogilevning „Dnepr“ klubi safida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etadi, shuningdek, futbolchi jamoa bilan 1982-yilgi birinchi liga oʻyinlarini oʻtkazadi va bir mavsum davomida „Dnepr“ jamoasi tarkibida boʻladi.
1985-yilda Beloshapka Oliy liga bahslarida Minskning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi. Futbolchi jamoa safida jami ikkita oʻyin oʻtkazadi: birinchi oʻyinida —21-avgust kuni 23-turning uy uchrashuvida „Chornomorets“ga qarshi oʻyinning (4:1) 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushadi, ikkinchi oʻyinida — 14-sentyabr kuni SSSR kubogining 8-finali 1-tur mehmon uchrashuvida „Fakel“ ga qarshi (3:1) 89-daqiqada maydonga tushiriladi. Oʻyin davomida futbolchi oʻz darvozasini ishonchli himoya qiladi va raqibning barcha zarbalarini qaytarishga muvaffaq boʻladi.
1986—1991-yillarda Simferopolning „Tavriya“ klubi tarkibida chempionatning jami 221 uchrashuvida 218 ta gol oʻtkazib yuborgan. 1986—1987-yilgi SSSR kubogining ikkinchi liga baslarida jamoasi bilan yarim finalgacha yetib boradi. 1/4 final doirasidagi „Metallist“ga qarshi kechgan oʻyinda Beloshapka penaltilar seriyasida raqibning 3 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq boʻladi.
1992-yilda Beloshapka Lyublinning „Motor“ (Polsha) klubiga yoʻl oladi va jamoa tarkibida bir yil davomida oʻz oʻyinlarini olib boradi. Darvozabon keyingi toʻrt mavsumni Yaffaning „Makkabi“ (Isroil) klubida oʻtkazadi. 1997-yilda Kirovogradning „Zvezda“ jamoasiga koʻchib oʻtib, keyinchalik yana „Makkabi“ga qaytib keladi va jamoa tarkibida 14 ta oʻyinda maydonga tushadi.
Beloshapka 1999—2000-yilgi mavsumgacha „Zvezda“ jamoasida oʻynab, shundan soʻng „Tavriya“ga qaytadi va darvozabonlar uchun murabbiy sifatida ishlay boshlaydi.
Sport faoliyati davomida, shuningdek, 2000—2002 va 2004-yillarda Zarafshonning „Qizilqum“ (O‘zbekiston) va 2003-yilda Andijonning „Andijon“ (O‘zbekiston) klublari safida, keyinchalik Chimkentning „Ordabasi“ (Qozog‘iston) va 2000-yilda „Kostuin“ klublarida ham to‘p surgan.
Oradan bir muncha vaqt oʻtgach, Beloshapka yana Ukrainaga qaytadi va „Krivbas“ jamoasi bilan ishlay boshlaydi. 2005-yildan buyon esa Donetskning „Shaxtyor“ klubi akademiyasi uchinchi jamoasi tarkibida oʻyinlarga tushadi.
Beloshapka faoliyati davomida yoshlar chempionatining ikki karra gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
2010—2012-yillarda „Illichivets“ klubida adminstrator va darvozabonlar murabbiyi boʻlib faoliyat olib borgan.
2016-yil mart oyidan — 2017-yil iyun oyiga qadar „TSK-Tavriya“ jamoasida darvozabonlar murabbiyi, 2017-yil iyulidan esa jamoaning bosh adminstratori vazifalarini bajargan.
Oilasi
Beloshapkaning Artyom ismli bir nafar oʻgʻli boʻlib, u ham futbol oʻyinlarida darvozabon vazifasini bajaradi.
Yutuqlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org