Boris Babayan




Boris Artashesovich Babayan (rus. Бабаян Арташесович Борис; arman. Բորիս Արտաշեսի Բաբայան 1933-yil 20-dekabrda Bokuda tugʻilgan) sovet-arman kompyuter olimi, SSSR va Rossiyada dastlabki super kompyuterlarning yaratilishida katta hissa qoʻshgan inson.

Hayoti



Babayan Sovet Ittifoqining Boku shahrida arman oilasida tugʻilgan. 1957-yilda Moskva fizika-texnika institutini tamomlagan va fan nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1964—1971-yillar oraligʻida esa fan doktori ilmiy darajasini yoqlagan.

1956—1996-yillar Babayan P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida dasturiy taʼminot boʻlimida boʻlim boshligʻi vazifasida ishlagan. Babayan va uning jamoasi birinchi super kompyuterini 1950-yilda yaratgan. 1970-yillarda bosh arxitektor V. S. Burtsevning oʻrinbosarlaridan biri boʻlib, u birinchi superskalyar kompyuter Elbrus-1 va El-76 dasturlash tili ustida ishlagan. Ushbu kompyuterlardan 1978-yilda, Gʻarbda kompyuter dasturlari paydo boʻlishidan oʻn yil oldin, Sovet Ittifoqi oʻzining raketa tizimlarini, yadro va kosmik dasturlarini ishlab chiqqan.

Babayan boshchiligidagi jamoa Elbrus-3 kompyuterini Epic Parallel Instruction Computing (EPIC) dasturi arxitekturasidan foydalangan holda ishlab chiqqan.

1992-yildan 2004-yilgacha Babayan Moskvadagi SPARC Texnologiya markazi (MCST) va Elbrus International kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Ushbu lavozimlarda u Elbrus 2000 (Elbrus-3 ning bir chipli modeli) va Elbrus90micro (mahalliy ishlab chiqilgan mikroprotsessor asosidagi SPARC kompyuteri) loyihalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan.

2004-yil avgust oyidan Babayan Intel korporatsiyasining dasturiy taʼminot guruhida arxitektura direktori va Moskvadagi Intel R&D markazining ilmiy maslahatchisi boʻlgan. U kiberxafvsizlik texnologiyalari sohasida ham ishlagan. U Intel Fellow mukofotiga ega boʻlgan ikkinchi yevropalik hisoblanadi (norvegiyalik Tryggve Fossumdan keyin).

1984-yildan SSSR Fanlar akademiyasining (keyinchalik – Rossiya Fanlar akademiyasi) faxriy aʼzosidir. 2007-yildan boshlab u Moskva fizika-texnika institutida professor boʻlib ishlaydi va Moskvada joylashgan Intel korporatsiyasining ilmiy-tadqiqot markazida mikroprotsessor texnologiyasi kafedrasi boʻlimi bosh’ligʻi sifatida ishlab kelmoqda.

Mukofotlari



Babayan Sobiq Ittifoqning ikkita oliy mukofoti bilan taqdirlangan:

Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz