Boris Apollonovich Levkovich




Boris Apollonovich Levkovich (1886.23.6, Samarqand — 1966.30.4, Toshkent) — paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi boʻyicha olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1930). Varshava politexnika institutini tugatgan (1915). Oʻrta Osiyo universitetida oʻz tashabbusi bilan tashkil etgan paxtani dastlabki ishlash kafedrasida ishladi (1927). Oʻrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutida dekan (1929), professor (1930—31), Toshkent toʻqimachilik institutida kafedra mudiri (1932— 66). Ilmiy ishlari paxtaga dastlabki ishlov berish, chigitdan tola ajratishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan. As: Elementi teorii djinirovaniya, T., 1938.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz