BO’RIGUL
BO’RIGUL (Vinca erecta Regel et Schmalh.) — kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali ko’p yillik o’t. Bitta ildiz bo’g’zidan 15-40 santimetr uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apreldan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli, har bir barg qo’ltig’ida bittadan bir chanoqli yassi mevasi bo’ladi. Bo’rigul Ugom, Farg’ona, Hisor tog’larining Janubiy qiyaliklarida, qoyalar va chag’irtoshli tog’yon bag’irlarida o’sadi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simlik moddalari kimyosi institutida Bo’riguldan 40 ga yaqin alkaloid (vinkalin, vinkametrin, vinkanidin, ervinin, ervamin va boshqalar) ajratib olingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz