Boridlar
Boridlar — borning metallar bilan birikmasi. B. metall temperaturasi koʻtarilishi bilan elektr qarshiligi ortishi, elektr va issiqni yaxshi oʻtkazishi, metallga oʻxshab yaltirashi va metallmas (yarimoʻtkazgichlik xossasi) moddalarga xos fizik xossalari bilan boshqa birikmalardan farq qiladi. Titan, sirkoniy, gafniy, vanadiy, niobiy, tantal, xrom, molibden, volfram kabi yuqori trada eriydigan metallarning hamda kalsiy, stronsiy, bariy kabi ishqoriy metallarning B. i maʼlum. Rux, kadmiy, oltin, kumush, simob, galiy, indiy, talliy, qoʻrgʻoshin, qalayi B. hosil qilmaydi. B. bir necha usulda olinadi. Kimyoviy barqarorligi, asosan, B. panjaralaridagi borbor bogʻlanish kuchlari bilan belgilanadi. Geksaboridlar (MeV6) va dodekaboridlar (MeV,2) kimyoviy jihatdan eng barqaror B. hisoblanadi. Koʻpgina B. kislotaga chidamli, mas, TaV2 ga hatto qaynaydigan zar suvi ham taʼsir qilmaydi. B. oʻta qattiq (mikroqattiqligi 20—30 Gn/m2), uzilishga mustahkamligi (380 Mn/m2), olovbardoshligi yuqori. B. radioelektronika, yadro texnikasi, metallurgiya, mashinasozlik va asbobsozlikda ishlatiladi. Ulardan reaktiv dvigatel detallari, gaz turbina parraklari yasaladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org