BO’RIBOSAR, O’rta Osiyo ovcharkasi —O’rta Osiyoda tarqalgan jaydari it zoti. Uzoq davr davomida chuponlar tomonidan eng yaxshi namunalarini tanlash va tabiiy chatishtirish yo’li bilan chiqarilgan. Erkagi bo’ydor, gavdali, ko’kragi keng, kallasi katta, oyoqlari baquvvat, ovozi haybatli. Rangi turlicha. Asosan erkagi ko’proq qadrlanadi. Chorva mollari podalarini bo’rilar hujumidan saklash (nomi ham shundan), o’tovqo’ralarni qo’riqlash vazifalarini bajaradi. Urishqoqlik sifatlarini oshirish uchun yosh (1-2 oy) ligida quloq va dumi kesib qisqartiriladi. Eng kuchlilari havaskorlar tomonidan it urishtirish musobaqalarida qatnashish uchun boqiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish