Boʻribagʻir




Jumrut , boʻribagʻir (Rhamnus coriacea Kom.) — chilonjiydadoshlar (jumrutdoshlar) oilasiga mansub yirik buta yoki past boʻyli daraxt. Gullari mayda, sargʻish-yashil, toʻpguli yarim soyabon. Bargi oddiy, tuxumsimon, tuksiz, uz. 2—5 sm. Mevasi qora, danakli. May—iyunda gullaydi, mevasi iyul— avgustda yetiladi. Toshkent, Fargʻona, Samarqand viloyatlaridagi togʻli tumanlarning sernam yerlarida oʻsadi. Xalq tabobatida mevasi va poʻstlogʻining qaynatmasi qustiruvchi dori, surgi sifatida ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz