Boʻri Safarova
Boʻri Safarova (1906-yil, Dam qishlogʻi, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1958), KPSS a'zosi (1958).
Tarjimayi holi
1906-yili Chiroqchi tumani Dam qishlogʻida tavallud topgan. 1929—1950-yillari Chiroqchi tumanidagi Oxunboboyev nomli kolxozda kolxozchi, 1950—1964-yillarda shu kolxozning brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Boʻri Safarova boshchiligida brigadada 105 gektar maydonning har bir gektaridan 47 sentner (1957) paxta yetishtirilgan. 1955—1959-yillarda 4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan. 1965-yilda pensiyaga chiqqan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org