Bo‘ri dukkagi
Lyupin (Lupinus), lupin, boʻri dukkagi — dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon usimliklar turkumi, yem-xashak, siderat va manzarali ekin. Shim. va Jan. yarim sharning moʻʼtadil poyaslarida 100 ga yaqin (ayrim maʼlumotlarga kura, 200 dan ortiq) turi usadi. Deh-qonchilikda 10 dan ortiqturi maʼlum. L.ning vatani — Oʻrta Yer dengizi sohillari va Shim. Amerika. 4 turi — bir yillik turlaridan — ingichka bargli yoki kuk L. (L. angustifolius), sariq L. (L.luteus), oq L. (L. albus), shuningdek, kup yillik turidan serbarg n.(L.polyphyllus) ekiladi. Bu turlar barg shakli, gullarining rangi va kat-ta-kichikligi hamda urugʻlarining mayda yoki yirikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ingichka bargli L. Yevropaning Shim. mintaqalarida, sariq va oq L. Markaziy Rossiyada, tukli L. (L. pilosus) Gruziyada ekiladi. Oʻzbekistonda kolleksiya ekinzorlarida ustiri-ladi. Ildizi oʻqildiz. Poyasi utsimon, shoxlanadi, balandligi 1,5 m gacha boradi. Bar-gi panjasimon, yirik, bandli. Toʻpguli shingil. Sariq L. guli xushboʻy. Turlariga qarab gulining rangi har xil. Mevasi koʻp urugʻli dukkak. Oʻsuv davri 80—155 kun. Issiklikka talabchan. Ingichka bargli. L. maysasi —6° sovuqqa chidamli. Hamma turlari namsevar, uzun kunli. Shonalash davrida tez usadi. L. doni tarkibida, turlariga karab, 30— 40% oqsil va 5—20% yog , A, V, S, vitaminlari, bargida, poyasida va donida 1—2% zaharli alkaloidlar (lyupi-nin, lyupinidin, spartein, lyupanin) bor. L.ning alka loidi kam boʻlgan ozuqabop navlari 20-asrning 30-yillarida yaratilgan.
Kishilar qadimdan (mil.dan 2000-yil oldin) L.dan foydalanib keladilar. Dastlabki davrda L. ovqatga ishlatiladigan va mollarga beriladigan doni uchun ekilgan. Keyinchalik undan koʻkat oʻgʻit tarzida foydalanilgan. Bir yillik L. koʻkat uchun oddiy qatorlab, urugʻ olish uchun keng qatorlab (qator orasi 45 sm) ekiladi. Hosildorligi koʻkpoya boʻyicha 100—120 t/ga, doni boʻyicha 34— 35s/ga.
Koʻp yillik va bir yillik L.ning ayrim navlari manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Halima Otaboyeva.
Manbalar
uz.wikipedia.org