Boreal Organizmlar




Boreal organizmlar — Shim. yarim sharning moʻʼtadil qismida yashaydigan dengiz organizmlari. Boreal organizmlar asosan qirgʻoqoldi (litoral va sublitoral) zonalarda yashaydi. Dunyo okeanining chuqur (batial) qatlamlarida harorat pastligi va yorugʻlik yetishmasligi sababli Boreal organizmlar juda kam. Litoral va sublitoral qatlamlarda qoʻngʻir va qizil suvoʻtlar, ayniqsa midiya, ustritsa, dengiz taroqchalari, qisqichbaqasimonlar, shuningdek baliqlar koʻp. Bu organizmlarning biomassasi nihoyatda katta. Boreal organizmlar ning baʼzilari biologik mahsuldorligi jihatidan katta ahamiyatga ega. Maye, baliklardan seld, treska, skumbriya, losos, kambala koʻplab ovlanadi. Hayvonot va oʻsimlik boyligini koʻpaytirish maqsadida Boreal organizmlar yangi hududlarda iklimlashtirilmoqda. Masalan, Kaspiy dengizida kefal, Orolda boltiq salakasi iklimlashtirilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz