BORDON
BORDON — pusti tozalanmagan qamishdan bo’yraga o’xshatib to’qiladigan qurilish materiali (to’shama). Imoratlar qurishda esa toqi ustidan solinadi. Ilgari Bordondan boshqa maqsadlarda ham foydalanilgan (masalan, tuproq va zaxdan saqlanish uchun supa ustiga solinadigan namat, gilam, palos tagiga to’shalgan, hovli-joy atrofini devor qilib o’rash uchun ishlatilgan va boshqalar). Hozir ham yakka uy-joylar, bostirmalarqurishda Bordondan foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz