Bordeaux




Bordo (fransuzcha: Bordeaux ) Fransiyaning Yangi Akvitaniya mintaqasida joylashgan kommunadir. Gironde departamenti Bordeaux tumani tarkibiga kiradi.

Aholisi



Fransiyaning jan.gʻarbidagi shahar, Jironda departamentining maʼmuriy markazi, Giyen va Gaskon tarixiy viloyatining bosh shahri. Garonna daryosi boʻyida, Atlantika okeanining Biskay qoʻltigʻi yaqinida. Aholisi 208 ming kishi (1990). Mamlakatning sanoat markazlaridan, transport yoʻllari tuguni. Dengiz kemalari kira oladigan yirik port (yuk ortib tushirish yiliga 10 mln. t). B. orqali chetdan neft, kumir, fosfat, oziq-ovqat va boshqa mollar keltiriladi; chetga vinoaraq, neft mahsulotlari, yogʻochtaxta, gazmol chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kemasozlik, aviasozlik, mashinasozlik, kimyo zavodlari, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. B. da koʻplab vino tayyorlanadi va sotiladi. Shaharda universitet (1441-yildan), bir qancha muzey va teatrlar bor. Fransiyaning eng qad. shaharlaridan. Markaziy maydonlari 18-asr da qurilgan. Tarixiy binolardan sobor (12— 14-asr lar) va Katta teatr (1773—80) saqlangan.

229.900 nafar aholi istiqomat qiladi (2005). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 4363 nafar kishi.

Geografiyasi



Maydoni — 49,36 km. Dengiz sathidan 1-42 (gem: 6) m balandlikda joylashgan.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz