BORAZON



BORAZON — sun’iy olmos; bor nitridning olmossimon modifikasiyasi. Yuqori temperatura (1350 gradusdan yuqori) va bosim (3200 Mn/m2 dan yuqori) da borni azot bilan biriktirib olinadi qattiqligi olmosnikiga yaqin, lekin Borazon yuqori temperaturalarga olmosga nisbatan chidamliroq, kimyoviy barqarorligi olmosnikidan ustunroq bo’ladi. Borazondan o’tga chidamli materiallar, yarimo’tkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutgichlar tayyorlanadi; u o’ta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz