BORATLAR



BORATLAR — borat kislota tuzlari va efirlari. Tuzilishi, tarkibi va tabiatda uchrashiga ko’ra Boratlar anorganik, organik va tabiiy Boratlarlarga bo’linadi. Anorganik boratlar (oksoboratlar), ortoborat (N3VO3), metaborat (NVO2) hamda erkin holda ajratib olinmagan poliborat (N BmO3iTMi) kislotalarining tuzlari. Molekulasidagi bor atomlarining soniga qarab mono, Di, tetra, geksaboratlar va boshqalarga bo’linadi. Boratlarda bor atomining koordinatsion soni 3 yoki 4 ga teng bo’lib, molekuladagi bor atomlari kislorod atomi orqali ko’prikli bog’lanish hosil qiladi. Ammoniy, ishqoriy va oksidlanish darajasi +1 ga teng bo’lgan boshqa metallar ko’pincha gidratlangan yoki suvsiz metaboratlar Mevo2, tetraboratlar Me2vo4, pentaboratlar Mev5o,, shuningdek dekaboratlar Me V o pn2o hosil qiladi. Oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’lgan ishqori yer va boshqa metallar odatda gidratlangan metaboratlar, triboratlar Me2v,op, geksaboratlar Mev6o|0, shuningdek suvsiz meta, orto va tetraboratlar beradi. Oksidlanish darajasi +3 ga teng bo’lgan metallarga gidratlangan va suvsiz ortoboratlar Mevo3 tavsiflidir. Anorganik Boratlar rangsiz, amorf yoki kristall moddalar. Ularning suyuqlanish temperaturalari 500″ dan 2000″ gacha. Ko’pchilik anorganik Boratlar eritmalari sovish paytida osonlikcha shisha holatiga o’tadi. Gidratlangan anorganik Boratlar. ortoborat kislotaga metal oksidlari, gidroksidlar va karbonatlar ta’sir ettirib olinadi. Suvsizlari esa bor oksidiga metall oksidlari yoki karbonatlarini qo’shib suyuqlantirish esa qizdirish usuli bilan olinadi. Anorganik Boratlar bor birikmalarini sintez u shishda shisha, emal, sir, pigmentlar komponenti sifatida, olovbardosh qoplamalar, elektrolitlar, lyuminoforlar, bo’yoq mahsulotlar ishlab chiqarishda, metallarni kavsharlashda va boshqalarda qo’llaniladi. Organik boratlar — [ortoboratlar, trialkil (aril) boratlar, trialoksiboratlar], umumiy formulasi (RO)3 V bo’lgan ortoborat kislota efirlari. Bu yerda R — alkil, aril, allil va boshqa organik radikallar. Quyi alkilboratlar zangori rangda shu’lalanuvchi uchuvchan suyuqpiklardir. Suv ta’sirida ular V(on)3 va ROH gacha gidrolizlanadi. Organik Boratlarning olinish usullari turlicha: 1) ortoborat kislota, bor oksidi, bor xlorid yoki buraga spirtlar, fenollar, diollar ta’sir ettirish; 2) V2N, va boshqa borli organik birikmalarni alkogoliz qilish; 3) R3Bhm oksidlash; 4) Me|B(OR)4] ni termik parchalash va boshqalar. Organik Boratlar antioksidantlar sifatida, parafinlarni oksidlab spirtlar olishda, organik va bororganik birikmalar sintezida, fungisid, antiseptik sifatida, bo’yoqlar, motor yonilg’ilari, surkov moylari, polimerlar olishda qo’llaniladi. Tabiiy boratlar —boratkislota tuzlaridan hosil bo’lgan minerallar sinfi. Tabiiy Boratlarning kaliyli, natriyli, kaltsiyli, magniyli va temirli 100 ga yaqin minerali ma’lum bo’lib, ular asosan rombik va monoklin singoniyada kristallangan rangeiz yoki oq rangdagi moddalar. Ularning strukturasida 1 dan 6 ta gacha, goho 9 ta bor atomlari kislorod atomlari bilan borkislorod guruhlari hosil qilib ishtirok etadi. Borning koordinatsion soniga qarab bu guruhlar o’zaro borkislorod uchburchaklari [Vo,]1″ yoki tetraedrlar [VO4]4′ holida birlashib, zanjirsimon, tasmasimon, qatlamli va karkasli strukturalar hosil qilishi mumkin. Tabiiy Boratlarga vulqonlar natijasida yuqori tralarda hosil bo’lgan lyudvigit, asharit, susseksit va suv havzalarida cho’kindi sifatida hosil bo’lgan bura, borasit va boshqalar kiradi. Suvli va suvsiz boratlar mavjud (aksarisi suvlidir). Tarkibida suvi bor tabiiy Boratlarning Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 2-5, suvsizlariniki 9 gacha, zichligi 1500-3400 kg/m] bo’ladi. Tabiiy Boratlarning eng katta koilari vulkanogen — cho’kindi jinslarda, endogen yo’l bilan hosil bo’lgan konlarning ba’zi jinslarida uchraydi. Cho’kindi galogen konlari tuzlar bilan birgalikda hosil bo’ladi. Tabiiy Boratlar O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlarida uchraydi. Kime sanoatida, bor tuzlari olishda, bo’yoqtayyorlashda, kulolchilikda, sir, emal, shisha, pigmentlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Ad.: Issledovaniye sinteticheskix Boratov, Riga, 1983; Leonyuk N. I., Leonyuk L. I., Kristalloximiya bezvodnix Boratov, M., 1983. Rustam Ma’rupov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz