BORAT KISLOTA



BORAT KISLOTA, ortoborat kislota, HjBOj — kuchsiz anorganik kislota, rangsiz yaproqchalar shaklidagi oq kristall. Zichligi 1460 kg/m3. Suvda oddiy trada kam, qizitilganda yaxshiroq eriydi. Spirt va boshqa organik moddalarda ham eriydi. 107,5 gradusda qizdirib suvsizlantirilganida metaborat kislota NVO2, 160 gradusda bor oksid V2O3 hosil bo’ladi. Tabiatda issiq suvlar tarkibida erigan holda uchraydi. Bufer sistemalar tayyorlashda ishlatiladi. Shisha sanoatida, emallar tayyorlashda va tibbiyotda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz