BO’RAGANSOY — Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’ridagi soy. Shahriston dovonidan boshlanib, shimol yo’nalishda oqadi va Xovos temir yo’l stantsiyasiga yetmasdan, 4 kilometr shimoli Sharqda tugaydi. Bo’ragansoy boshlanishida Oltinko’lsoy, yuqori oqimida Bo’ragansoy, o’rta oqimida Shahristonsoy, quyi oqimida Sarmichsoy, Sho’rbuloqsoy deb ham ataladi. Uzunligi 92 kilometr, havzasining maydoni 712 kilometr kvadrat. Bo’ragansoyning umumiy uzunligi 40 kilometr bo’lgan 21 ta mayda irmog’i bor. Bo’ragansoy muz, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. To’linsuv davri aprelda boshlanib, avgustda tugaydi. Bo’ragansoyning 75-80% oqimi shu davrda oqib o’tadi. Suv sarfi may oyida keskin ortib iyunda 620 l/sekundgacha yetadi, iyuldan esa kamayadi. Qishda suvi kamayadi, ba’zan qurib qoladi. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi 190 l/sekund. Yozgi to’linsuv davrida suvining loyqaligi 4,7 kilogramm/metr kubgacha ortadi. Qishda suv yuzasi muzlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish