BORA
BORA (Yunoncha boreas — shimol shamoli) — tog’ bag’rida pastga qarab esadigan kuchli sovuq shamol. Uncha baland bo’lmagan tog’lar iliq dengiz bilan tutashgan joylarda kuzatiladi. Bora esganda havo temperaturasi pasayadi. Bora tezligi asosan 20-30 m/s, ba’zi joylarda hatto 60 m/s va undan ham ortiq bo’ladi. Bora bir boshlansa, bir haftagacha davom etadi. Bora Apsheron yarim oroli, Adriatika dengizi, Issiqko’l, Sevan ko’li, Meksika bo’tozi, Novorossiysk shahri va Qrim yarim orolida esadi. Bora ko’pincha fojiali oqibatlarga olib keladi (masalan, Bora oqibatida kemalar muzlab qolishi mumkin).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz