Bor postulatlari
Bor nazariyasi
Nils Bor Rezerford tajribalarida kuzatilgan, lekin klassik fizika tushuntira olmaydigan natijalarni, qonuniyatlarni tushuntirishda o'zining vodorod atomi tuzilishi modelini taklif qildi(1913) Bor modeli vodorod atomi tuzilishining birinchi muvaffaqiyatli modeli bo‘lib, atom tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvurlarning rivojlanishida muhim o‘rin tutdi. Bor modeli de-Broyl gipotezasining vujudga kelishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Atom nurlanishi spektridagi qonuniyatlar, atomdagi energetik sathlar birinchi marta Bor tomonidan tushuntirildi. Vodorod atomi tuzilishining Bor taklif qilgan modeli uning quyidagi
postulatlarida asoslanadi:
elektronning impuls momenti
L=mʋr=nħ (n=1,2,3,...) (1) shartni qanoatlantiradigan statsionar orbitalargina mavjud bo‘ladi. Bunday orbitalar ijozat etilgan statsionar orbitalar deyiladi. Atomdagi statsionar orbitalar kvantlangan bo‘lib, diskret energetik sathlarni hosil qiladi.
Bu formuladan,
ν=(Ei-Ef)/h (3). (3) formulada E-birinchi orbita energiyasi, E-ikkinchi orbita energiyasi va ν-chiqarilgan energiya chastotasi.
Kamchiliklari
Yuqorida keltirilgan postulatlar asosida vodorod atomining birinchi muvaffaqiyatli modeli tuzildi. Bu modelda hisoblashlar doiraviy orbitalar uchun bajariladi.Bor modeli atom statsionar holatda nima uchun energiya nurlamasligini tushuntira olmaydi. Bundan tashqari, elektron yadro atrofida doiraviy orbita bo‘ylab harakatlanishini tajribada ko'rsatish mumkin emas. Shuning uchun Bor modelining tadbig'da ma’lum cheklashlar mavjud. Keyinchalik spektroskopiyada qilinayotgan yangi kashfiyotlarga Bor modeli javob bera olmadi.
Havolalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org