BOR NITRID
BOR NITRID, BN — bornit azot bilan birikmasi. V2O3 ning qaytaruvchilar (ko’mir, magniy) bilan aralashmasini ammiak atmosferasida qizdirib yoki 2000° dan yuqrri temperaturada elementlardan olinadi; oddiy sharoitda aBN — kubik, grafitsimon oq poroshok holida bo’ladi. 1350° dan yuqori temperatura va 5 gPa bosimda katalizatorlar ishtirokida BN ning grafitsimon ashaklidan olmossimon Rshakli (borazon) hosil bo’ladi. Borazon yuqori temperaturaga chidamli kimyoviy barqaror birikmadir. Bor nitriddan o’tga g’oyatda chidamli materiallar, yarimo’tkazgichlar, dielektriklar, neytronlarni yutuvchi materiallar tayyorlanadi, oBN podshipniklarda quruq moy sifatida xizmat qiladi; borazon o’ta qattiq abraziv materiallar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz