BOR KARBIDLARI



BOR KARBIDLARI — bornit uglerod bilan hosil qilgan birikmalari. Bor bir kator karbidlarni hosil qiladi. Ulardan V4S (yoki V12S3) va V13S12 larning tarkiblari aniqlangan. V4S — qora yaltiroq kristall modsa, zichligi 2520 kg/m3, mikroqattiqligi 49,1 gPa, parchalanish temperaturasi 2450°dan yuqori. Bor yoki borat angidrid V2O3 ga 2000° dan yuqori trada kumir ta’sir ettirib olinadi. Havoda 600° gacha temperaturaga chidamli, suvda, mineral kislotalar va ularning aralashmalarida erimaydi, ammo qaynoq ishqorlar eritmalari ta’sirida parchalanadi. Korund A12O3 bilan karborund SiC dan qattiq, faqat olmos bilan borazondan yumshoqroq. Abraziv va silliqlovchi material, yarimo’tkazgich sifatida, shuningdek yadro texnikasida neytronlarni yutuvchi material sifatida ishlatiladi. V3S12— romboedrik panjarali, qora rangli kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 2460°; zichligi 2460 kg/m3, mikroqattiqligi 55,9 gPa. Yarimo’tkazgich sifatida qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz