Bor ekanda, yoʻq ekan
Bor ekanda, yoʻq ekan… — Vitaliy Gubarevning „V tridevyatom sarstve…“ nomli (ruscha: В тридевятом царстве…) hikoyasi asosida yaratilgan sovet badiiy filmi.
Mazmuni
Ushbu film Muz ustida balet ansamblining havaskor solisti Oksana ismli qizning Karlikiya nomli ertak qirolligining yosh malikasi Izabella bilan ikki tomchi suv kabi oʻxshashligi sabab ular hayotdagi oʻz oʻrinlarini almashtirib turgani haqidagi ertak asosida suratga olingan. Izabella konkida uchishni yaxshi koʻradi, lekin saroy aʼzolari unga saroydan tashqariga chiqishga ruxsat berishmaydi. Shunda Izabella saroydan yashirincha qochib chiqib, muz saroyiga boradi. U yerda Oksana bilan uchrashib undan ularning ushbu konsert dasturlari tugaguniga qadar oʻzaro oʻrin almashib turishni soʻraydi. Oksana vaziyatdan foydalanishga qaror qiladi va taxtda oʻzining qiyofadoshi oʻrnini egallab, hayotga boʻlgan oʻz qarashlariga koʻra qirollikni nazorat qiladi.
Rollarda
Ijodiy jamoa
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org