BOR



BOR (lotincha Borum), V — Mendeleyev davriy sistemasi III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 5, atom molekulyasi. 10,811. Tabiiy Bor ikkita barqaror izotopdan iborat: 10V (19,57 %) va “V(80,43 %). Borning radioaktiv izotoplari olingan. Borni birinchi marta J. GeyLyussak va L. Tenar 1808 yilda bor angidridi V2O3 ni metal holdagi kaliy ishtirokida qizdirish usuli bilan olgan. Bor yer po’stining og’irlik jihatidan 3YU4 % ini tashkil etadi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Lekin Bor birikmalari ko’pincha yer ostidan chiquvchi suvlarda hamda qoldiq jinslar tarkibida, neft suvlarida, dengiz, sho’r ko’llar, issiq suvlarda, vulqon lavalari va tuproqlarda uchraydi. Bor — rangsiz, kulrang yoki qizil rangli kristall yoxud qora rangli amorf modda. Uning rangi va holati allotropik shakl o’zgarishiga bog’liq. Borning 10 dan ortiq allotropik modifikatsiyalari ma’lum. Bor qattiqligi jihatidan barcha moddalar orasida ikkinchi o’rinda turadi (olmosdan keyin). Uning Moos bo’yicha qattiqligi 9,3, mikroqattiqligi esa 30,4 gPa ga teng. Suyuqlanish temperaturasi 2075°, qaynash temperaturasi 3658°. Elektr tokini yomon o’tkazadi. Bor ko’pgina birikmalarda 3 valentlik bo’lib, kompleks tuzlar hosil qilishga moyil. Amorf holdagi Bor kristall holdagiga nisbatan birmuncha faolroq hisoblanadi. Bor kimyoviy reaktsiyalarga suet kirishadi. Temperatura oshgan sayin uning faolligi orta boradi. Yuqori temperaturada Bor kislorod, oltingugurt va galogenlar b-n birikadi. 700° gacha qizdirilganda bor angidridi V2O, ni hosil qiladi. 900° dan yuqorida azot bilan birikib, bor nitrid BN, ko’mir bilan qizdirilganda bor karbid V4S, metallar bilan esa boridlar beradi. Oddiy sharoitda Bor kislotalarda erimaydi, lekin kontsentrlangan nitrat kislotada borat kislota (N3VO3) gacha oksidlanadi. Kontsentrlangan ishqor eritmalarida asta-sekin erib, boratlar hosil qiladi. Borning kompleks birikmalaridan borgidridlar, masalan, VG’3 bilan NG’ning birikishidan hosil bo’ladigan f-torborid yoki borftorid kislota N[VG’4] bilan Na [VG’4] ahamiyatli. Elementar Bor tabiiy manbalardan bir necha bosqich bilan olinadi. Masalan, Boratlarni issiq suvda yoki sulfat kislotada parchalab borat kislota olinadi, uni suvsizlantirib bor angidridi hosil qilinadi. So’ngra angidridni magniy, natriy, kaltsiy, rux, kaliy yoki temir bilan qaytarib qoraqo’ng’ir rangli kukun holidagi Bor olinadi va nitrat kislota bilan tozalanadi. Yarimo’tkazgichlar sanoati uchun kerakli Bor galogenidlardan olinadi va hokazolar. Bor po’latlar qattiqligini oshiruvchi qo’shimcha sifatida, yadro reaktorlarida ishlatiladigan o’zaklar tayerlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Borning ko’pgina birikmalari (masalan, borat kislota va uning tuzlari, VG’3 va boshqalar) dan sanoatda keng foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz