BO’QO’NBOYEV JO’MART



BO’QO’NBOYEV JO’MART (1910-1944) qirg’iz shoiri, dramaturg. Qirg’iziston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938-44). Qirg’iz dostonchiligi va dramaturgiyasida sezilarli iz qoldirgan, uning dastlabki namunalarini yaratgan. Bo’qo’nboyev asarlarida qirg’iz xalqi tarixi, 2-jahon urushidagi qahramonligi, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati tasvirlanadi. “Chu dalasi” (1930), “Turksib” (1932), “Gul turmush” (1939), “Ajal va nomus” asarlari qirg’iz she’riyatining sara asarlaridan hisoblanadi. “Mening Farg’onam” asarida tarixiy qismati, turmush tarzi bir-biriga o’xshash o’zbek va qirg’iz xalqlari o’rtasidagi qardoshlik tarannum etiladi. “Oltin qiz” (1937), “Qarg’asha” (1937) dramalari, “Oychurek” (1937), “To’qtagul” (1939) opera librettolari bilan qirg’iz teatr san’ati taraqqiyotiga hissa qo’shgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz