BOQLA, burchoq (Vicia faba) — burchokdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi to’rt qirrali. Barglari patsimon, murakkab. Gullari oq, o’zidan, ba’zan chetdan changlanadi. Mevasi yassi, dukkak shaklida, 4-8 urug’li, urug’i tarkibida 24-30% oqsil bor. Oziqovqat yoki chorva mollariga oziq sifatida foydalaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish