BOQIXON TO’RA (19-asr boshlari Qo’qon — 1888) — o’zbek shoiri, tabib. Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. Qo’qonlik mashhur shaxslar vafotiga bag’ishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning “Ansob ussalotin va ta’vorixi xavoqin” (“Sultonlar nasablari va xoqonlar ta’rixlari”), shoir va tabib Hokimiy (1850— 1930) ning “Ta’rix uliloj” asarlarida Boqixon to’ra haqida qisqa ma’lumot uchraydi. Ad.: Qayumov A., Qo’qon adabiy muhiti, T., 1961.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish