BOQILLO



BOQILLO — qadimgi o’lchov birligi. Ba’zi adabiyotlar (masalan, Ibn Sino, Tib qonunlari, 1—2-kitoblar, T., 1979— 83) da berilishicha, 3 xil qiymatga ega bo’lgan: a) 1 Boqillo yunoniy= 1,416 g; b) 1 Boqillo Iskandaroniy=2,124 g; v) 1 Boqillo Misriy=2,823 g. Ba’zi adabiyotlar (masalan, Davidovich E. A., Materiali po metrologii srednevekovoy Sredney Azii, M., 1970) ga ko’ra, 1 Boqillo =2,34 g bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz