Boqijon Toʻxliyev




Boqijon Toʻqliyev  — (1954, Tojikiston) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1992), professor.

Olim 1954-yilda Tojikiston Respublikasi Leninobod (hozirgi Soʻgʻd) viloyati, Asht tumani, Oʻzbek oqjar qishlogʻida tugʻilgan. Xoʻjand davlat pedagogika instituti(hozirgi Xoʻjand davlat universiteti)ni tugatgan (1974).

Faoliyati



Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar, Til va dabiyot institutlari, Tarix muzeyida ilmiy xodim, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedrasining mudiri (1989 yildan).

Asarlari



Uning „Oʻzbek tilini oʻrganamiz“ rasmli lugʻati (hammuallif, 1990), „Yusuf Xos Hojib va uning „Qutadgʻu Bilig“ asari“ (1994), „Bilim ezgulik yoʻli“ (1992), „Qutadgʻu bilig“ asarining poetikasi" (2004), „Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi“ (hammuallif, 2010), „Oʻzbek tili“ (hammuallif, 2010), „Adabiyot oʻqitish metodikasi“ (2010), „Yusuf Xos Hojib va turkiy xalqlar folklori“ (2010) kitoblari chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz