Boqijon Muxamedsaidov




Boqijon Karimovich Muxamedsaidov (1941-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Biografiyasi



Boqijon Muxamedsaidov 1941-yil Toshkentda tugʻilgan. 1965-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining umumtexnika fanlari va mehnat taʼlimi fakultetini bitirgan. 1965—1969-yillarda shu institutning „Umumtexnika fanlar“ kafedrasida oʻqituvchi, keyinchalik katta oʻqituvchi, 1969—1970-yillarda Moskva davlat mashinashunoslik institutida stajyor-tadqiqotchi, 1971—1974-yillarda institutning aspiranti, 1974—1979-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining „Umumtexnika fanlari“ kafedrasida katta oʻqituvchi, 1976—1979-yillarda fakultet dekanining oʻquv ishlari boʻyicha muovini, 1979—1995-yillarda „Umumtexnika fanlari“ kafedrasiga mudiri, 1995—2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti „Texnika fanlari“ kafedrasi dotsenti, 2002—2011-yillarda shu kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2011-yildan hozigi vaqtgacha „Professional taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. I daraja „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni sohibi (2022).

Ilmiy faoliyati



1 ta monografiya, 4 ta darslik, 6 ta elektron darslik muallifi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz