Boqi Shig‘ovul





Boqi Shig‘ovul - Boburning e’tiborli a’yonlaridan biri. Dibalpur viloyatiga hokim etib tayinlangan. Kistanqaro Sulton boshliq Shayboniylar qo‘shini Balxni qamal qilganda, Bobur shaharni himoya qilishga yordam berish uchun Boqi Shig‘ovulni yuborgan. U mudofaa maqsadlariga sarflash uchun katta mablag‘ bilan ta’minlangan (1525 y.). Milvatni egallaganda qo‘lga kiritilgan o‘ljalarning bir qismini Boburning qarindosh-urug‘lariga sovg‘a sifatida yetkazish ham Boqi Shig‘ovulga yuklatilgan (“B.”, 261a).
Balxdan qaytib kelgandan so‘ng Boqi Shig‘ovul Boburning Gang sohillarida Shayx Boyazidga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgan (1527 y.) U bir nechta bek bilan Saru daryosidan o‘tib, Shayx Boyazidni ta’qib qilib, uning ug‘rug‘ini qo‘lga kiritgan. Boqi Shig‘ovul keyinchalik Avad viloyatidagi qo‘shinga boshliq bo‘lgan (1528 y.).

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz