BOQCHASAROY



BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmog’i) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yo’li (shossesi) yonida. Temir yo’l stansiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda efirmoylari, vino ishlab chiqarish, meva sharbatlari, konserva, sut, zavodlari, maishiy xizmat kombinati bor. Boqchasaroyga asos solingan yili noma’lum. Shahar 1502 yildan tilga olinadi. 1736 yilgacha Qrim xonligining poytaxti bo’lgan. 1783 yil Qrim tarkibida Rossiya bosib olgan. Boqchasaroy A.S. Pushkin va A. Miskevich asarlarida kuylangan, 16-18-asrlarda turk me’morligi asosida qurilgan xon saroyi hamda “ko’z yoshi” fontani saqlanib qolgan. Shahar yaqinida Chufut Kala g’or shahri joylashgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz