Boombayah




Boombayah “ — Janubiy Koreyaning „Blackpink“ qizlar guruhining qoʻshigʻi. U 2016-yil 8-avgustda „YG Entertainment“ kompaniyasi tomonidan guruhning „Square One“ nomli raqamli debyut singl albomida „Whistle“ treki bilan birgalikda chiqarilgan. „Boombayah“ Janubiy Koreya xit paradlarida 7-oʻrinni egallagan va sotuvlarning birinchi haftasida Billboard World Digital Song Sales chartida birinchi oʻringa chiqishga muvaffaq boʻlgan. 2020-yil 13-oktyabrda „Boombayah“ YouTube platformasida 1 milliarddan koʻp tomosha qilingan birinchi K-pop musiqasining debyut klipiga aylandi.

Chiqarilishi



„Boombayah“ 2016-yil 8-avgust kuni soat 20:00 KST (UTC+09:00) da Janubiy Koreyadagi turli raqamli musiqa portallari orqali „Whistle“ treki bilan birgalikda „Square One“ nomli raqamli singl albomida chiqarilgan.

Qabul qilinishi



Qoʻshiq odatdagidek musiqa tanqidchilarining ijobiy sharhlarini olgan. „Billboard K-Town“ jurnali muhbiri Jeff Benjamin „Blackpink“ guruhi treklari „oʻz xalqaro muhlislariga ega boʻlgan hip hop va klub musiqalarini oʻz ichiga oladi, ular Psy, Big Bang va 2NE1 ning qoʻshiqlari singari ekzotik zarbali, bassli“ deya aytib oʻtgan.

Tijoriy jihatdan, „Boombayah“ Janubiy Koreyaning Gaon Digital Chart paradida 7-oʻrinda debyut qilgan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida „Boombayah“ qoʻshigʻi 2016-yil 27-avgust haftasining Billboard World Digital Song Sotish chartida birinchi oʻrinni egallagan. Keyingi haftada esa „Whistle“ treki chartda 3-oʻringa chiqqan.

2019-yil aprel holatiga koʻra, trek Buyuk Britaniyada 12,7 million oqimlarda ijro etilgan.

Ommaviy axborot vositalarida



Qoʻshiq Netflix platformasida efirga uzatiluvchi „Wu Assassins“ teleserialida birinchi mavsumning „Drunken Watermelon“ birinchi epizodida jang sahnasida namoyish etilgan.

Hissa qoʻshganlar




Xit parad



Haftalik

Oylik

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz