Bo'o'm darasi




Boʻoʻm darasi – Qirgʻiziston Respublikasidagi chuqur tor dara. Qirgʻiziston Olatovi bilan Kungay Olatovi orasida. Boʻoʻm darasi dan Chuy daryosi oqib oʻtadi. Uzunligi 30 km. Dengiz sathidan 1500 m balandlikda. Boʻoʻm darasi 10–11-asrlarda Jilariqdeb atalgan. Mahalliy aholi Boʻoʻm darasi ni Ulan deb ataydi. Boʻoʻm mongol tilida "tor dara" demakdir. Bu soʻzdan tuzilgan joy nomlari Sibirda ayniqsy koʻp uchraydi. Boʻoʻm darasi dan Bishkek bilan Baliqchi shaharlarini bogʻlaydigan avtomobil va temir yoʻllar oʻtadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz